02 / UGC VA KREATIVLAR

Targit va brend sahifalari uchun UGC-kontent yaratish

Mahsulotingizni tabiiy ko'rsatadigan, reklama va Reels uchun huquqlari biriktirilgan jonli foto va video materiallar.

Meta Reels va Stories AdsTikTok Spark / In-FeedBrendning Instagram va Telegram sahifalariYouTube Shorts
Brend uchun UGC-ishlab chiqarish nimani o'z ichiga oladi?

UGC (User-Generated Content) brendingizning rasmiy sahifalari va pullik targit reklamasi (Meta Ads, TikTok, YouTube Shorts) uchun mualliflar hamda aktyorlar suratga oladigan video va fotolardir. Asosiy paketda muallifning shaxsiy sahifasiga joylashtirish majburiy emas. Foydalanish huquqlari va muddati shartnomada belgilanadi.

Targit va brend sahifalari uchun UGC-kontent yaratish

Qachon kerak bo'ladi?

  • Targit reklamada kreativlar tez eskiradigan e-commerce va mobil ilovalar
  • O'zbek va rus tillarida A/B test uchun ko'p variantli video kerak bo'lgan jamoalar
  • Studiyaviy rolikdan tashqari jonli tavsiya formatiga muhtoj mahsulotlar

Bajarilgan ishlar

  • Ssenariy huklari (hooks) va kreativ goya
  • Kasting va mualliflar/aktyorlar bilan suratga olish
  • 9:16 montaj, subtitrlar (UZ/RU) va bir nechta boshlanish variantlari
  • Reklamada foydalanish huquqlari va muddatlarini shartnomada belgilash
ISH TARTIBI

Brifdan hisobotgacha.

Nomzodlar ro'yxati, ssenariy, muddat va hisobot shaklini ish boshida kelishamiz.

01

Kreativ matritsa

Mijoz savollari va mahsulot afzalliklari asosida huklar va ssenariylar yoziladi.

02

Muallif tanlovi

Auditoriyangizga ko'rinishi va talaffuzi mos UGC-ijrochilar tanlanadi.

03

Suratga olish va montaj

Test uchun bir nechta variantda vertikal video va foto tayyorlanadi.

04

Huquqlar topshirilishi

Tayyor fayllar va reklama huquqlari kelishilgan tartibda beriladi.

TASDIQLANGAN LOYIHALAR

O'zbekiston va Markaziy Osiyodagi haqiqiy keyslar

Barcha keyslarni ko'rish
KO'P SO'RALADIGAN SAVOLLAR

Boshlashdan oldingi savollar.

UGC muallifning o'z sahifasida ham chiqadimi?

Asosiy paketda yo'q. Materiallar sizning kanallaringiz va targitingiz uchun beriladi. Muallif sahifasida chiqish alohida kelishiladi.

Bir mahsulot uchun nechta variant olasiz?

Odatda A/B test uchun bitta ssenariy ichida turli huklar yoki bir nechta ijrochilar bilan paket tayyorlaymiz.

LOYIHANI BOSHLAYMIZ

Hamkorlikni
brifdan boshlaymiz.

Mahsulotingiz, auditoriyangiz va maqsadingizni yozing. Budjet va muddatni suhbatda aniqlashtiramiz.

Loyiha brifi
MUNA MEDIA BRIFI

So'rov HTTPS orqali info@munamedia.me pochtasiga ketadi. Nusxasini o'zingizda ham saqlab qolishingiz mumkin.

Loyiha brifi

* bilan belgilangan maydonlar majburiy.

Yo'nalish, muddat va budjet (ixtiyoriy)

Reklama trekerlari ishlatilmaydi. Ma'lumotlaringiz faqat taklif tayyorlash uchun kerak.

Yoki bevosita yozing: Telegram @munamedia · +998 90 138 13 13

SHAXSIY MA'LUMOTLAR

Ma'lumotlaringizni qayta ishlash

Muna Media shaxsiy ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 iyuldagi ZRU-547-sonli «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuni (2026 yil 26 martdagi O'RQ-1125-sonli tahriri) asosida qayta ishlaydi.

Formada ko'rsatilgan ism, brend, telefon, qo'shimcha aloqa va vazifa matni Cloudflare Workers orqali HTTPS kanalida Muna Media pochtasiga (info@munamedia.me) faqat taklif tayyorlash uchun yuboriladi.

Takroriy yuborishning oldini olish uchun texnik kalit Cloudflare xotirasida 7 kungacha saqlanadi va avtomatik o'chiriladi; reklama trekerlari ishlatilmaydi.

Ma'lumotlaringizni yangilash yoki o'chirish uchun info@munamedia.me ga yozing yoki +998 90 138 13 13 raqamiga qo'ng'iroq qiling.